platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda sudya yordamchisi qoʻlga olindi

U mirzachoʻllik ayolni turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin oʻrtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berish evaziga pora soʻragan. 

Jizzaxda sudya yordamchisi qoʻlga olindi

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Doʻstlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda Mirzachoʻl tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kiradi.

Xususan, uni turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin oʻrtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berish evaziga 300 AQSh dollari talab qiladi.

DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oʻzining xizmat xonasida soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bir necha kun avval Termizda ham sudya yordamchisi qoʻlga olingandi.

U maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan yengillik yaratib berish evaziga pul talab qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid