Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi
Davlat rahbari yangi obʼektlar bilan tanishadi va xalqaro forum ochilishida qatnashadi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi obʼektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazish oʻrin olgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari "Kambagʻallikdan farovonlik sari" III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.
Kecha Prezident Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga tashrif buyurgan hamda oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazgandi.
Muloqot davomida qator yangiliklar eʼlon qilindi.