platina.uz
Sport

Jahon chempionati: yana uch oʻzbekistonlik bokschi oltin medalga sazovor boʻldi

Birinchi boʻlib Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ringga koʻtarildi. Javohir Ummataliyev ham oʻz nomiga bitta oltin yozdirib qoʻydi. 

Jahon chempionati: yana uch oʻzbekistonlik bokschi oltin medalga sazovor boʻldi

Yana uch nafar oʻzbek bokschisi jahon chempioniga aylandi.

Bokschilarning Liverpulda yakunlanayotgan jahon chempionatida bugungi dasturdan oʻrin olgan final janglari boshlandi. Dastlab, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-65 kg) ringga koʻtarildi.

Braziliyalik Yuri dos Reisga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz ajoyib gʻalabaga erishib, faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionligiga erishdi.

20 yoshli bokschimiz Javohir Ummataliyev (-80 kg) ham jahon chempionatining oltin medaliga sazovor boʻldi. Fransiyalik Yojerlan Sezar bilan bahs olib borgan Ummataliyev kuchli va aniq zarbalari oldida raqibini ojiz qoldirib, ushbu vaznda tengsiz ekanini isbotladi.

Toʻrabek Habibullayev ham jahon chempionligiga erishdi. Boks boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz toʻrtinchi oltin medalni rasmiylashtirdi. -90 kg vazn toifasining finalida braziliyalik Isays Ribeyroga qarshi ringga koʻtatilgan Habibullayev munosib gʻalabaga erishdi va oltin medalga ega chiqdi.

Avvalroq Fazliddin Erkinboyev jahon chempioniga aylangandi. Ushbu gʻalabada Oʻzbekiston termasi boks boʻyicha Angliyada oʻtayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid