Yevropa Ittifoqi Isroilga moliyaviy koʻmakni toʻxtatadi
YeI Isroil bilan savdo aloqalarini cheklashni ham rejalashtirmoqda. Oʻta radikal kayfiyatdagi yahudiy amaldorlariga sanksiya kiritilishi mumkin.

Yevropa Komissiyasi Isroilga moliyaviy koʻmakni toʻxtatib qoʻyish va tegishli toʻlovlarni muzlatish niyatida.
Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen yillik murojaatida maʼlum qildi.
"Komissiya bu sohada uchta taklif kiritadi. Birinchidan, biz Isroilga moliyaviy koʻmakni toʻxtatamiz va barcha toʻlovlarni muzlatib qoʻyamiz", deb taʼkidladi Yevrokomissiya rahbari.
Ursula fon der Lyayen Isroilning “ekstremistik” vazirlariga qarshi sanksiyalar qoʻllashni va Isroil bilan savdo aloqalarini cheklashni rejalashtirmoqda. Bunga sabab sifatida u Gʻazo sektoridagi vaziyat keskinlashganini koʻrsatdi. Fon der Lyayen ochlikdan "urush quroli" sifatida foydalanish mumkin emasligini aytdi.
"Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqea butun dunyoni larzaga keltirdi. Odamlar ovqat soʻrab oʻlishmoqda. Onalar jonsiz goʻdaklarni qoʻllarida ushlab turishmoqda. Bu tasvirlar shunchaki halokatli... Bunga chek qoʻyish kerak", - dedi Yevroparlamentdagi chiqishi chogʻida (AFP iqtibos keltirgan holda) YeK rahbari.
9 sentabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Dohaga hujum qildi. Tel-Avivda operatsiyadan maqsad Falastin HAMAS delegatsiyasi ekanligi aytildi.
Amaliyot “Yongʻin sammiti” deb nomlandi va 2023 yil 7 oktabrda HAMASning Isroilga hujumi tashkilotchilarini yoʻq qilishning davomi boʻldi.“Al-Arabiya” nashrining yozishicha, Isroil hujumida besh kishi, jumladan, Gʻazodagi Xamas guruhi yetakchisi Xalil al-Hayya hamda uning idorasi rahbari halok boʻlgan.
Avgust oyida Isroilning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Xaim Regev Yevropa Ittifoqini Gʻazo sektoridagi inson huquqlari bilan bogʻliq boʻlgan “ehtiros”dan voz kechishga chaqirdi.