platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashdi

Uchrashuvda sud tizimidagi yangilik va islohotlar muhokama qilindi. Mirziyoyeva Alisher Usmonovni Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi. 

Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva sudyalar bilan uchrashdi.

Xabarda aytilishicha, Oliy sud binosida mamlakatimiz sudyalar hamjamiyati bilan konstruktiv uchrashuv boʻlib oʻtgan. Unda barcha darajadagi rahbarlar va sudyalar ishtirok etdi.

Prezident Administratsiyasi oldiga qoʻyilgan beshta ustuvor vazifada sud islohoti muhim oʻrin tutadi. Sakkiz yil davomida Davlat rahbarining tashabbusi bilan odil sudlov sohasidagi eng namunali xorijiy tajribani oʻz ichiga olgan keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirildi.

"Prezidentimizning sud tizimini sunʼiy intellekt asosida raqamlashtirish, sudlarga yengillik yaratish maqsadida nizosiz masalalarni notariuslarga oʻtkazish, sudyalarni tayyorlashni takomillashtirish toʻgʻrisida yaqinda qabul qilingan farmonlari haqida soʻz yuritdik. Bu sohada eskirgan taʼlim tizimining oʻrnini egallaydigan Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi", deya. yozadi Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari ochiq va oshkora muloqot uchun barchaga minnatdorlik bildirib, Alisher Usmonovni Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.

Eslatib oʻtamiz, Alisher Usmonov avval Namangan viloyatida ishlab kelayotgandi. U 5 sentabr kuni Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari etib saylandi.

Avval bu lavozimda Ikrom Muslimov ishlayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid