platina.uz
Jamiyat

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Sardor Rajabov bungacha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari sifatida ishlagan. Uning oʻrnini Azizbek Turdiyev egalladi. 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Sardor Rajabov oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Vazifasi jihatdan nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash ishlarini muvofiqlashtirish bilan ham endi Sardor Radjabov shugʻullanadi.

Uning oʻrniga Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari etib tayinlangandi.

Avvalroq oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari – birinchi oʻrinbosar Shohrux Daliyev, oʻrinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid