platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Isroilning Qatarga hujumini qoraladi

Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul boʻlib, BMT Nizomini hamda xalqaro tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik sanaladi, deyiladi bayonotda. 

Oʻzbekiston Isroilning Qatarga hujumini qoraladi

Oʻzbekiston Isroilning Qatar poytaxtiga hujumi boʻyicha munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi.

"Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul boʻlib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy meʼyor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi", deyiladi munosabatda.

Mamlakat xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday koʻrinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 9 sentabr kuni Isroil Qatar poytaxti Dohaga hujum qildi.

Zarba natijasida HAMASning Gʻazo sektori boʻyicha yetakchisi al-Hayyo va yana uch mansabdor oʻlgani aytilmoqda. Baʼzi manbalar ularning oʻlimini rad etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid