platina.uz
Jamiyat

Qurilish boshqarmasi yuristkonsulti va soliq inspektori qoʻlga olindi

Fargʻonada esa “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi" mutaxassisi 15 ming dollar olayotganda ushlangan. 

Qurilish boshqarmasi yuristkonsulti va soliq inspektori qoʻlga olindi

Qurilish boshqarmasi yuristkonsulti va soliq inspektori ushlandi.

DXX Fargʻona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida korrupsion holatlar aniqladi.

Joriy yilning yanvar oyida Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi” hududidan mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida uzoq muddatga 22 sotix yer maydoni ijaraga berilgan.

Lekin, muqaddam sudlangan MChJ rahbari sotish huquqi boʻlmasada, ushbu yer maydonini xaridorga 52 ming AQSh dollariga sotishga kelishib hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”da ishlovchi tanishi orqali uning nomiga xususiylashtirib berishi evaziga 15 ming AQSh dollari, jami 67 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”ning Furqat tumani boʻyicha yetakchi mutaxassisi MChJ rahbari bilan birga 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi yuristkonsulti viloyat maʼmuriy sudining apellyatsiya instansiyasida koʻrib chiqilayotgan maʼmuriy ishni mansabdor tanishlari orqali Boʻka tumanida aholiga xizmat koʻrsatuvchi MChJ taʼsischisi foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan yuristkonsultga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Bu kabi qonun buzilishi holati Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi. Unda Shoʻrchi tumani davlat soliq inspeksiyasining soliq inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999 y.t. fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli boʻlgan MChJning 19 mln. 400 ming soʻmlik soliq qarzdorligini soʻndirib berish evaziga 8 mln. soʻm talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Prokuratura va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, dastlab 1999 y.t. fuqaro soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqarodan 6 mln. soʻmni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida soliq inspektorining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Hozirda soliq inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, uning jinoiy sherigi boʻlgan fuqaroga esa Jinoyat Kodeksining 28,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 212-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq DXX Qirgʻizistondan narkotik olib kelib sotgan jinoiy guruh aniqlagandi. Andijon viloyatida yashovchi 6 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirgan va qirgʻizistonlik narkosavdogar bilan aloqa bogʻlagan.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid