platina.uz
Jamiyat

Angrenda IIB tergovchisi qoʻlga olindi

 U tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik va chora koʻrmaslik evaziga 10 ming dollar soʻragan. 

Angrenda IIB tergovchisi qoʻlga olindi

Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi.

Toshkent viloyati Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi katta tergovchisi fuqarodan 10 ming AQSh dollari talab qilgan. U oʻz ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik va tegishli tartibda chora koʻrmaslikka vaʼda bergan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda tergovchi soʻralgan pul mablagʻidan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Fargʻonada 50 ming dollarga yer sotgan korxona rahbari ushlangandi.

U kadastr hujjatlarini fuqaro nomiga rasmiylashtirish uchun yana 3 ming dollar soʻragan.

Bundan tashqari Toshkentda Telegram orqali salkam 3 mlrd soʻm oʻgʻirlaganlar qoʻlga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid