platina.uz
Jahon

Tramp haqida mish-mishlar, tushirilgan bayroq: AQSh prezidenti atrofida nimalar boʻlmoqda?

AQSh va dunyoda Trampning oʻlimi haqida gap-soʻzlar tinmayapti. Oq Uy xabarni inkor etgan boʻlsada, muhokamalar toʻxtaganicha yoʻq. 

Tramp haqida mish-mishlar, tushirilgan bayroq: AQSh prezidenti atrofida nimalar boʻlmoqda?

AQShda prezident Donald Trampning ehtimoliy oʻlimi haqidagi mish-mishlar faol muhokama qilinmoqda. Oq Uy bu maʼlumotni rasman inkor etdi.

Taxminga vitse-prezident J.D.Vensning “kutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda” davlat rahbari lavozimini egallashga tayyorligini aytgan soʻzlari sabab boʻldi. Shu bilan birga, Tramp oʻtgan seshanba (26 avgust)dan beri omma oldiga chiqmadi va uning boʻlajak tadbirlari bekor qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tramp oʻldi”, “Tramp vafot etdi”, “Tramp qayerda” kabi soʻrovlar soni keskin oshdi. Fitna nazariyotchilari prezidentning Oq uy hisobotlarida qayd etilgan sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga ishora qilib, uning qoʻlidagi koʻkarishlarga eʼtiborni qaratib, uni oʻlimidan sal oldin qirolicha Yelizaveta II ning xuddi shunday joyi bilan solishtirmoqda.

Bundan tashqari, Pentagonning goʻyoki favqulodda vaziyatdan darak beruvchi "pitssa indeksi" haqida afsona tarqalmoqda.

Mish-mishlar hali rasmiy tasdiqni olmadi, ammo ular vahima toʻlqinini keltirib chiqardi. Trampning ehtimoliy oʻlimi siyosiy inqirozga olib kelishi mumkin: Konstitutsiyaga koʻra, Vens saylovgacha avtomatik ravishda prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib qoladi.

Bu Vashingtondagi kuchlar muvozanatini oʻzgartirib, maʼmuriyatda oʻzgarishlarga olib keladi.

Oq Uy maʼlumotiga koʻra, Tramp tirik va golf oʻynamoqda. Shuningdek, bu haqda Axios jurnalisti Mayk Allen Oq uyga yaqin mansabdor shaxsga asoslanib xabar berdi. Lekin ayrimlar Trampning golf oʻynayotgan suratlarini ham eski deya baholamoqda.

Tushirilgan bayroqlar

Oq Uyda bayroqlarning yarim tushirilishi shubhalarni battar avj oldirdi.

Rasmiy xabarga koʻra, Donald Tramp Minneapolisdagi katolik maktabi va cherkovidagi otishma qurbonlari xotirasiga 31 avgust, yakshanba oxirigacha hukumat binolarida bayroqlarni yarim shtatda osib qoʻyishni buyurgan. Prezidentning tegishli farmoni Oq uy matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

“2025 yilning 27 avgustida Minnesota shtatining Minneapolis shahrida sodir etilgan zoʻravonlik harakatlari qurbonlari sharafiga Oq uyda va barcha jamoat binolari va maydonlarida, barcha harbiy postlar va harbiy-dengiz bazalarida bayroqlarni tushirishni buyuraman”, deyiladi Tramp farmonida.

Hujjatga koʻra, AQShning barcha elchixonalari, vakolatxonalari, konsullik muassasalari va xorijdagi boshqa obʼektlari, jumladan, barcha harbiy obʼektlari, harbiy-dengiz kemalari va stansiyalarida bir xil muddatda AQSh bayrogʻi yarim tushirilgan holatda hilpiramoqda.

Avvalrovq Tramp Venesueladagi rejimni agʻdarishni koʻzlayotgani aytilgandi.

Ikki davlat oʻrtasida qurolli mojaro yuz berishi ehtimoli ortmoqda. Maduro uchun 50 mln dollar mukofot eʼlon qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid