Qiziriq tumani hokimi jazolandi
U xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish va eksport koʻrsatkichlarini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan.

Qiziriq tumani hokimi Sherxon Allamurotov oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima bilan jazolandi.
U joriy yilning 1-yarim yilligida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish va eksport koʻrsatkichlarini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani aytilgan.
Allamurotov shu yil yanvar oyida hokimlikka tayinlangan edi. U 2011 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.