Otabek Umarov boshchiligidagi delegatsiya "City Football Group" vakillari bilan uchrashdi
Tasarrufida "Manchester Siti" va yana 12 ta jamoa boʻlgan ushbu kompaniya Oʻzbekistondan klub sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani xabar qilingandi.

Otabek Umarov boshchiligidagi delegatsiya "City Football Group" vakillari bilan uchrashdi.
Ushbu kompaniya Abduqodir Husanov oʻynaydigan “Manchester City” klubiga egalik qiladi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, qoʻmita Bosh kotibi Oybek Qosimov, shuningdek, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov va OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov “Manchester City” klubi mehmoni boʻlishdi.


Ularga Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov hamrohlik qildi.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyida portfelida “Manchester Siti” va yana 12 ta jamoa boʻlgan "City Football Group" kompaniyasi Oʻzbekistondan klub sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani xabar berilgandi. Lekin ushbu klub nomi ochiqlanganicha yoʻq.
Bundan tashqari, ingliz jamoasi yana bir oʻzbekistonlik futbolchini klubga taklif etish niyatida ekani aytilgandi.