platina.uz
Siyosat

Sudyalar oliy maktabi tugatiladi

Uning negizida yangi akademiya tashkil etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.

Sudyalar oliy maktabi tugatiladi

Sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Sudyalar oliy maktabi isloh etilib, uning negizida Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud tizimini takomillashtirish va odil sudlov masalalariga oid taqdimot bilan tanishgan. Taqdimotda akademiya konsepsiyasi taqdimot qilingan.

Qayd etilishicha, davlat rahbari bildirilgan takliflarni maʼqullab, tegishli farmonlarni imzolagan. Jumladan, sud tizimida quyidagi islohotlar kutilyapti.


Koʻzi boylangan adolat Oʻzbekistonda "tugʻilmaganmikin"?


Odil sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqilgan va tez orada amaliyotga tatbiq etiladi.

Fuqarolik va iqtisodiy sudlarda koʻriladigan daʼvolarning katta qismi nizosiz ishlarga toʻgʻri kelmoqda. Shu bois bunday masalalarni maʼmuriy organlar vakolatiga oʻtkazish taklif etilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari muammolarining qisqa muddatda hal etilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, maʼmuriy va iqtisodiy sud ishlarini eksterritorial tarzda koʻrish tartibi joriy etiladi. Yaʼni bunday sud ishlarini koʻrib chiqishda propiska yoki hududga bogʻliqlik joyi qolmaydi.

Adolat va ishonchni taʼminlashda sudyalik lavozimining barqarorligi muhim. Shu maqsadda sudyalikka tayinlash muddatlarini qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilmoqda.

Bundan tashqari, barcha yoʻnalishdagi sudlar boʻyicha mintaqaviy taftish sudlarini tashkil etish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlardagi taftish instansiyalarini tugatish taklifi bildirilgan. Bunda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda faqatgina apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi boʻlishi, taftish instansiyasi esa 5 ta mintaqaviy sudda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid