platina.uz
Siyosat

Putin Shavkat Mirziyoyevga Tramp bilan uchrashuv natijalari haqida maʼlumot berdi

Oʻzbekiston prezidenti Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirgan. 

Putin Shavkat Mirziyoyevga Tramp bilan uchrashuv natijalari haqida maʼlumot berdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbariga 15 avgust kuni Ankorij shahrida oʻtgan Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston rahbari erishilgan kelishuvlarni qoʻllab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi surʼatini saqlab qolish hamda Oʻzbekiston va Rossiya korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish masalalari ham koʻrib chiqildi. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 15 avgust kuni Alyaskada Putin va Tramp sammiti oʻtkazildi.

Avvalroq Putin Shavkat Mirziyoyevga Stiv Uitkoff bilan uchrashuv tafsilotlarini maʼlum qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid