platina.uz
Iqtisod

Navoiyda ichimlik suvi narxlari oshirilyapti

2024 yil apreldan kuchga kirgan 2700 soʻmlik tarif 2 yilga ham bormasdan yana qimmatlayapti.

Navoiyda ichimlik suvi narxlari oshirilyapti

Navoiy viloyatida 1 sentabrdan ichimlik va oqova suv narxlari oshadi.

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi 2025 yil 15 avgustda viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqlagan.

Unga koʻra, 2025 yil 1 sentabrdan quyidagi narxlar amalda qoʻllaniladi:

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun – 1 m3 – 3500 soʻm (hozir 2700 soʻm);
  • byudjet tashkilotlari uchun – 1 m3 – 9000 soʻm (hozir 6500 soʻm);
  • ulgurji isteʼmolchilar uchun – 1 m3 – 9000 soʻm (8000 soʻm);

Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun – 1 m3 – 1800 soʻm (hozir 1600 soʻm);
  • byudjet tashkilotlari uchun – 1 m3 – 6000 soʻm (hozir 4600 soʻm);
  • ulgurji isteʼmolchilar uchun – 1 m3 – 6000 soʻm (oʻzgarmagan).

Tuman va shahar hokimliklari tasdiqlagan dislokatsiya asosida aholi yashash punktlariga yetkazib beriladigan 1 litr suv 71,43 soʻmdan sotiladi. Barcha narxlar QQSsiz hisoblangan.

Navoiyda ichimlik suvi narxlari oxirgi marta 2024 yil 1 apreldan oshirilgan edi.

Eslatib oʻtish kerak, 1 oktabrdan issiq suv tariflarini ham oshirishmoqchi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid