platina.uz
Iqtisod

Yangi agentlikning vazifalari belgilandi

Toʻqimachilikni 2030 yilga qadar rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi, tayyor mahsulot eksportini 2 barobarga oshirish moʻljallanmoqda. 

Yangi agentlikning vazifalari belgilandi

Prezident oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida yengil sanoat boʻyicha agentlikka vazifalar topshirildi.

Yangi agentlikka kengash bilan birgalikda tadbirkorlar bilan muloqot qilib, tannarx, ishlab chiqarish va eksport boʻyicha yechimlar ishlab chiqish, “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi orqali tayyor mahsulot eksportini 2 barobarga oshirish, kooperatsiyani kuchaytirib, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish topshirildi.

Xalqaro konsultantlar bilan birgalikda toʻqimachilikni 2030 yilga qadar rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda charm, ipak va gilamchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha ham takliflarni kiritish vazifasi qoʻyildi.

"Hokimlar, klasterlar va toʻqimachilik korxonalari rahbarlari bir narsani bilishi kerak. Hozirgi sharoitda byudjetga 1 soʻm qoʻshimcha tushum qilish qancha qiyin boʻlayotganini tushungan tushunadi. Bugun aytilgan qoʻllab-quvvatlash choralarini pulga chaqsa, 7 trillion soʻm boʻladi. Endi shunga yarasha natija ham boʻlishi kerak",
- dedi davlat rahbari.

Yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Yigʻilish davomida toʻqimachilik korxonalarining namunali tajribalari koʻrib chiqildi, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Eslatib oʻtamiz, prezident selektorida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Unga Investitsiyalar vazirining birinchi oʻribosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qilishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid