"Temir xotin"ni sahnalashtirgan rejissyor vafot etdi
Abdurahmon Abdunazarov sanʼat kollejida dars berib, koʻplab shogirdlar ham yetishtirgan.

"Temir xotin" asarinini sahnalashtirgan rejissyor olamdan oʻtdi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Abdurahmon Abdunazarov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Rejissyor “Temir xotin”, “Jononga bordim bir kecha”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Mayli, saylang”, “Baxtiyorni uylantiramiz”, “Gulya + Erik”, “Boy ila...”, “Momo yer” singari oʻnlab spektakllarni sahnalashtirgan.
Shuningdek, u Andijon viloyati sanʼat kollejida pedagog sifatida faoliyat yuritib, koʻplab shogirdlar yetishtirgan.
Sanʼat olamidagi soʻnggi yoʻqotishlar
10 avgust kuni kaskadyor va aktyor Yoʻlchi Ortiqov vafot etgani xabar berilgandi. Aktyorning oʻlimiga yurak xuruji sabab boʻlgan.
Unda avval esa taniqli doirachi Dilmurod Islomov olamdan oʻtgandi.