platina.uz
Iqtisod

AI-92 benzini narxi arzonlashtirildi

Sentabrdan boshlab Oʻzbekistonda AI-80 benzini ishlab chiqarish toʻxtatiladi.  

AI-92 benzini narxi arzonlashtirildi

Oʻzbekistonda AI-92 benzini narxi arzonlashtirildi. Bu haqda "Oʻzbekneftgaz" xabar berdi.

Gap nima haqida?

Ushbu amaliyot davlat rahbarining aholini arzon va sifatli yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha bergan topshigʻi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 rusumli avtobenzin narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda.

"Bu “Oʻzbekneftgaz” AJning yoqilgʻi bozori barqarorligini saqlash, aholini yuqori sifatli benzin bilan taʼminlashga qaratilgan strategiyaning muhim qismi hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirilib, tannarxni kamaytirish boʻyicha kompleks chora- tadbirlar amalga oshirildi. Bunda benzin ishlab chiqarish hajmi ortib, narx kamaytirildi.

Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlangʻich narxi birinchi bosqichda 12 mln 881 ming soʻmdan 12 mln 628 ming soʻmga tushirildi. Bu esa oʻz navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlangʻich narxi 9 400 soʻm degani.

AI-80 ishlab chiqarish toʻxtatiladi

Eslatib oʻtish kerak, Oʻzbekistonda sentabrdan AI-80 benzini ishlab chiqarish toʻxtatiladi.

2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzinlar sotiladi. Bu qaror “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot maqsadlariga muvofiq qabul qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid