platina.uz
Jamiyat

Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

U tovarlarni Bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali oʻtkazib berish evaziga pul talab qilgan. 

Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Toshkentda soxta DXX xodimi qoʻlga olindi.

Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda Namangan shahrida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro oʻzini goʻyoki DXX xodimi deya tanishtirib, Namangan viloyatida roʻyxatdan oʻtgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali xech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazdirib berishini aytadi.

DXX va bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ushbu hojatbaror fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yoʻli bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSh dollaridan jami 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻlarini olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs korxonaga xorijdan import kilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganligini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQSh dollari olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq xalqaro terroristik tashkilotga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxs 6 yilga qamalgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid