platina.uz
Jamiyat

Orden olgan Asaka hokimining audiosi tarqaldi

Nasibulla Moʻminovga tegishli ekani aytilgan ovoz egasi fuqaroni soʻkib, haqoratlagan.

Orden olgan Asaka hokimining audiosi tarqaldi
Sayyor qabul jarayoni

Kecha Asaka tumani hokimi Nasibulla Moʻminov "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi. U prezidentga 2025 yil yakunigacha tumanda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirishga vaʼda bergandi.

Mukofot olishi va ushbu vaʼdasini berishdan bir kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Nasibulla Moʻminovga tegishli deb aytilgan audio tarqaldi. Audioda hokim bir fuqaroni soʻkib, haqoratlagani eshitilgan.

Hozirgacha mazkur holatga na viloyat hokimligi va na tuman hokimligi munosabat bergan.

Shu oʻrinda eslatib oʻtish kerak, ushbu hokim soʻnggi bir yil ichida 2 marta ogohlantirish olgan. Aholi murojaatlari bilan ishlashda sustkashlik qilgani uchun Xalq deputatlari viloyat kengashi unga 2024 yil iyul (hujjat yashirib qoʻyilgan) va 2025 yil mart oylarida rasmiy ogohlantirish bergan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid