platina.uz
Jamiyat

Yozgi jazirama koʻrish qobiliyatiga tahdid solishi maʼlum boʻldi

Kuchli quyosh radiatsiyasi, havodagi chang va uy ichidagi sunʼiy mikroiqlim qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Yozgi jazirama koʻrish qobiliyatiga tahdid solishi maʼlum boʻldi

Yozgi jazirama koʻz va koʻrish salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Kuchli quyosh radiatsiyasi, havodagi chang va uy ichidagi sunʼiy mikroiqlim koʻrishda qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yozgi jaziramada quruq koʻz sindromi eng koʻp uchraydi. Yuqori harorat va yorqin quyosh koʻz yoshi plyonkasining tez bugʻlanishiga sabab boʻladi.

Bu noqulaylik, quruqlikka olib keladi, qizarish va hatto koʻrishning vaqtincha yomonlashishiga sabab boʻladi. Yopiq xonalarda havo namligini 30 - 40% ga kamaytiradigan konditsionerlardan foydalanish ham faqat vaziyatni yomonlashtiradi.

Konditsioner filtrlarining tozaligi ham muhim omil hisoblanadi. Notoza filtrlar chang va turli xil allergenlar manbai boʻladi. Bu havo sifatiga salbiy taʼsir qiladi va koʻzning shilliq qavatini zararlashi mumkin. Natijada allergik reaksiyalar va yalligʻlanish jarayonlari boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, bahor-yoz davri kuchli allergen boʻlgan havoda gulchanglarning koʻpayishi bilan tavsiflanadi. Allergiyaga moyil boʻlgan odamlarda polen bilan aloqa qilish konʼyunktivitga olib kelishi mumkin - koʻzning shilliq qavatining yalligʻlanishi. Konyunktivitning belgilari qizarish, qichishish, koʻz yoshi va koʻzda begona jismni his qilishdir.

Avvalroq shifokor jaziramada sport bilan shugʻullanishning zararini aytgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid