platina.uz
Jahon

Iroqdagi savdo markazida yongʻin: 63 kishi halok boʻldi

Qirq kishi jarohatlangan, oʻndan oshiq fuqaro esa bedarak yoʻqolgani aytilmoqda. 

Iroqdagi savdo markazida yongʻin: 63 kishi halok boʻldi

Iroq sharqidagi Al-Kut shahridagi savdo markazida katta yongʻin yuz berdi.

Hodisa oqibatida 63 kishi halok boʻldi, 40 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Iroq davlat axborot agentligi (INA).

Reuters xabariga koʻra, yana 11 kishi bedarak yoʻqolgan. Olov bir kechada besh qavatli binoni qamrab oldi. Yongʻin sabablari hozircha nomaʼlum.

Avvalroq Shahar gubernatori Muhammad Jamil Meyyahi Hypermarket savdo majmuasida yuz bergan yongʻin oqibatida 50 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.

Meyyahi savdo majmuasi egasiga nisbatan sudga shikoyat qilinishini, yongʻin sababi 48 soat ichida maʼlum boʻlishini taʼkidladi.

Gubernator, shuningdek, shaharda uch kunlik motam eʼlon qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Koʻkdalada 4 kishi halok boʻlgan portlashda jinoiy ish ochilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid