Oʻzbekistonda yana kuchli jazirama kuzatiladi
Janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda harorat 44-45 darajagacha koʻtariladi.

Oʻzbekiston hududida yana kuchli jazirama kuzatiladi.
Joriy yilning 17-19 iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" direktori Sherzodxoʻja Habibullayev maʼlum qildi.
17 iyulda respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2-6 iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq harorat kuzatilgandi. 10-11 iyulga kelib harorat pasaydi.