Prezident Administratsiyasida yana oʻndan oshiq tayinlov amalga oshirildi
Doniyor Qodirov Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamentning rahbari lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:
Alisher Baxadirovich Samadov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Gayane Olegovna Umerova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Sherzod Ikromovich Asadov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;
Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yigʻilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
Bobur Botirovich Xodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt boʻyicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Zilemxan Haydarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
Ella Anatolevna Djaxangirova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:
Erkin Turaqulovich Yuldashev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi;
Azizbek Allabergenovich Urunov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Alisher Saidabbasovich Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Odil Qalandarovich Abduraxmonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Komilov, Umrzoqov va Davletovlar yangi lavozimlarni egallagandi.