platina.uz
Jamiyat

"Anorbank" xoʻjayini oʻgʻirlanishiga rasmiy izoh berildi

"Ushbu hodisa shaxsiy, korporativ boʻlmagan xususiyatga ega boʻlib, bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas", deyiladi bank axborotida.

"Anorbank" xoʻjayini oʻgʻirlanishiga rasmiy izoh berildi

"Anorbank"ning asosiy aksiyadori Parijda oʻgʻirlanib, evaziga tovon puli talab qilingan holati boʻyicha bank rasmiy izoh berdi.

"Ushbu hodisa shaxsiy, korporativ boʻlmagan xususiyatga ega boʻlib, bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas. ANORBANK oʻz ishini odatdagi tartibda davom ettirmoqda – barcha boʻlimlar, xizmatlar va raqamli kanallar barqaror ishlayapti, joriy va strategik loyihalar tasdiqlangan rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda", deyiladi axborotda.

"Anorbank" ommaviy axborot vositalari vakillaridan ushbu mavzuni yoritishda axloqiy meʼyorlarga rioya qilishni, tekshirilmagan maʼlumotlarni eʼlon qilmaslikni va shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishni soʻragan. Bank, shuningdek, ortiqcha muhokamalar yoki tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatish rasmiy tergov jarayoniga ham, jabrlanuvchining shaxsiy hayoti daxlsizligiga hurmat koʻrsatishga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga eʼtibor qaratgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid