platina.uz
Jamiyat

Davronbek Sattorov Paxtaobod tumani hokimi boʻldi

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari sifatida ishlagan. 

Davronbek Sattorov Paxtaobod tumani hokimi boʻldi

Sattorov Davronbek Xasanboyevich Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Davronbek Sattorov 1984 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tugʻilgan.

U 2005 y. Andijon davlat tillar pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 y. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Paxtaobod tumaniga avval Shoyadbek Babayev rahbarlik qilayotgandi. Biroz avval Yakkabogʻda ham hokim almashgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid