platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda yoshlarning bandligi boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi

Tizim orqali taʼtildagi millionlab yoshlar band qilinadi. Banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.

Oʻzbekistonda yoshlarning bandligi boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonda millionlab yoshlarning bandligini taʼminlaydigan tizim yaratiladi.

“Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan gʻoya jamiyatda katta harakatga aylanmoqda.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.

Oʻqishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish boʻyicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.

Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan taʼminlashga masʼul boʻladi.

Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy taʼlim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bogʻlaydigan platformani ishga tushiradi.

Bandlik, Maktab, Oliy taʼlim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, taʼtildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf oʻquvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va koʻmaklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi oʻtkaziladi.

Avvalroq prezident sunʼiy intellektning milliy modeli yaratilishini eʼlon qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid