platina.uz
Siyosat

Komil Allamjonov yana siyosatga qaytdi

U Prezident administratsiyasida yangi lavozimda ish boshlaydi.

Komil Allamjonov yana siyosatga qaytdi

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu lavozim yangi tashkil qilindi.

Allamjonov ushbu lavozimda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, soʻz erkinligini taʼminlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash sohalarida ekspertlik yordamini koʻrsatishi aytilgan.

Allamjonov 2024 yil sentabrda ikki yillik faoliyatidan keyin Administratsiyadan ishdan ketgandi. U ishdan ketish sababini ochiqlab, siyosatdan butkul yiroq yurib, biznes bilan shugʻullanishini aytgandi.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi qayta tiklanib, unga Saida Mirziyoyeva rahbar etib tayinlangan edi.

2024 yil oktabr oyida Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirilgandi. Ushbu jinoyat ishiga aloqador deb Rossiya fuqarolari Bislan Rasayev va Shamil Temirxanov ekani ochiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid