Izboskan imom-xatibi vafot etdi
Mart oyida "Ahmadali hoji" jome masjidi tahoratxonasida katta portlash yuz bergandi.

Andijon viloyati Izboskan tumani bosh imom-xatibi sifatida ishlagan "Ahmadali hoji" jome masjidi imom-xatibi Salimjon domla Yunusov bugun vafot etdi.
Joriy yilning 31 mart kuni ushbu jome masjidida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgandi.
Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro halok boʻlgan, 10 nafar fuqaro tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Botir Qudratxoʻjayev yetib borgan.
Ushbu hodisa boʻyicha jinoiy ish ochilgan, ammo yakuni haqida hech qayerda maʼlumot berilmagan.