platina.uz
Jamiyat

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar ishi sudga yuborildi

Ular bukmekerlik tovar belgisidan foydalanishgan, qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi videoroliklarni tarmoqqa joylashtirishgan.

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar ishi sudga yuborildi

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar ishi sudga oshirildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan tizimli oʻrganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan oʻrganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega boʻlgan blogerlar oʻzlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:

- fuqaro Shodiyev Jasurbek Gʻulomjon oʻgʻli (jasjannew);
- fuqaro Normamatov Dadabek Baxrom oʻgʻli (allme. uz);
- fuqaro Raxmatov Sherxon Lutfullo oʻgʻli (sherxon.zdss);
- fuqaro Xasanboyev Xojiakbar Zulxaydar oʻgʻli (hojiakbar_ku).

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.

Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida"gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Raqobat qoʻmitasi avval aksiya va chegirmalarni tartibga soluvchi qonun loyihasini taqdim etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid