platina.uz
Jahon

AQShning Suriya gʻarbidagi bazasi hujumga uchradi

Bu 22 iyundagi Eron yadroviy obʼektlariga zarbalar uchun javob boʻlishi ham mumkin. 

AQShning Suriya gʻarbidagi bazasi hujumga uchradi

Suriya gʻarbidagi Xasaka viloyatining Kasraq hududidagi Amerika harbiy bazasi hujumga uchradi, deya xabar bermoqda Al-Maaloma.

Iroq agentligi manbalariga koʻra, baza minomyotdan oʻqqa tutilgan. Kim oʻt ochgani haqida maʼlumot berilmagan.

Nashr manbalarining taʼkidlashicha, bu hujum "xalqning chet el bazalari mavjudligidan noroziligi kuchayishi" fonida sodir boʻlmoqda, chunki mahalliy aholi bazani "bosqin ramzi" deb biladi.

Shuningdek, Mehr agentligiga koʻra, bazaga Eron kuchlari hujum qilgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Ushbu zarba AQShning 22 iyundagi Eron yadroviy obʼektlariga hujumlariga javob boʻlishi ham mumkin.

Eslatib oʻtamiz, AQSh hujumidan keyin Eron Isroilga yana zarbalar uyushtirdi. Keyinchalik mazkur toʻqnashuvlar boʻyicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yigʻilishi ham tashkil etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid