platina.uz
Jamiyat

Oltmishga yaqin oʻzbekistonlik Erondan evakuatsiya qilindi

Mamlakatning Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarda kechayu-kunduz ishlaydigan tezkor shtablar tuzilgan.

Oltmishga yaqin oʻzbekistonlik Erondan evakuatsiya qilindi

Oʻzbekiston 60 ga yaqin fuqarosini Erondan evakuatsiya qildi.

Erondagi vaziyat bilan bogʻliq holatda, 60 ga yaqin oʻzbekistonlik fuqaro Turkmaniston orqali Vatanga qaytarildi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining koʻrsatmalariga muvofiq, mamlakatning Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarda kechayu-kunduz ishlaydigan tezkor shtablar tuzildi.

Tezkor shtab Eronda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali Vataniga qaytarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

Oʻzbekistonning Tehrondagi elchixonasi vatandoshlarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha doimiy aloqa va muvofiqlashtiruv ishlarini olib boryapti.

Ashxoboddagi elchixonamiz esa Turkmaniston rasmiylari bilan hamkorlikda fuqarolarini chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda Vataniga qaytarish jarayonini samarali tashkil etmoqda.

Avval ham 30 dan oshiq vatandosh qaytarilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid