Isroil Eron davlat televideniyesiga zarba berdi
Qurbonlar va jabrlanganlarning aniq soni maʼlum emas.

Eron davlat telekanali IRIB TV Isroil hujumiga uchradi.
Tashkilot xodimlari buni “shafqatsiz tajovuz” deb atagan.
Ularning aytishicha, telekanalning barcha jonli efirlari davom etmoqda.
“Isroil Eron axborot tarmogʻiga hujum qilib, Eron xalqining haqiqat ovozini oʻchirishga harakat qildi”, — deyiladi bayonotda.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats hujumni tasdiqlagan.
Hodisa sabab bir necha jurnalistlar vafot etgani aytilmoqda. Qurbonlar va jabrlanganlarning aniq soni maʼlum emas.
Avvalroq Erondan 30 nafardan oshiq oʻzbekistonlik evakuatsiya qilingandi.