platina.uz
Jamiyat

YouTube monetizatsiyasi ishlamayotgani oʻzbekcha kontent kamligi bilan izohlandi

Ammo ungacha oʻzbek tilida kontent tayyorlagan blogerlar katta miqdorda daromad topib kelgan.

YouTube monetizatsiyasi ishlamayotgani oʻzbekcha kontent kamligi bilan izohlandi

Oʻzbekistonda YouTube targʻiboti va monetizatsiyasi boʻyicha hech qanday meʼyoriy cheklovlar yoʻq, biroq baʼzi nyuanslar bor, degan Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida.

"YouTube’dagi kontentni monetizatsiya qilish masalasi, jumladan, bizning boʻlim tomonidan ishlab chiqilgan. Bu yerda quyidagilar muhim: birinchidan, reklama raqamli bozorini shakllantirish kerak — aynan respublika ichida. Bozor paydo boʻlganda, kompaniyalar platformada reklama joylashtirishni boshlaydi, buning uchun YouTube toʻlaydi. Bozor yetarlicha faollashgach, reklamaga sarmoya qilingan oʻsha pul monetizatsiya shaklida qaytariladi, buni platforma kontent yaratuvchilarga toʻlaydi", degan amaldor.

Uning aytishicha, hozir ingliz va rus tillarida, yaʼni YouTube monetizatsiya qilishi mumkin boʻlgan tillarda kontent yaratayotgan blogerlar faol ishlamoqda..

"Ammo oʻzbek tili va ichki auditoriya haqida gap ketganda, yetarlicha katta ichki reklama bozori shakllanishi zarur. Agar uning hajmlari yetarli boʻlmasa, platforma toʻliq monetizatsiyani ishga tushirmaydi", deya izoh bergan Pekos.

2023 yil martda Prezident administratsiyasi sobiq rahbari Komil Allamjonov va oʻsha paytda shoʻʼba rahbari Saida Mirziyoyeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashib, ushbu masalani ham gaplashgan edi.

YouTube monetizatsiyasi Rossiya - Ukraina urushi ortidan ayrim hududlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham bloklangan edi. Ungacha oʻzbek tilida kontent tayyorlagan blogerlar katta miqdorda daromad topib kelgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotiga koʻra, YouTube’ni monetizatsiya qilish imkoni boʻlmagani uchun Oʻzbekiston yiliga taxminan 50 million dollar yoʻqotmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid