platina.uz
Jahon

Oʻzbekiston Eron va Isroildagi fuqarolarni ogohlantirdi

Eron javob tariqasida Isroilga qarata 100 ga yaqin uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi.

Oʻzbekiston Eron va Isroildagi fuqarolarni ogohlantirdi

Oʻzbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarni ogohlantirdi.

"Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan sizlardan xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni soʻrab qolamiz.

Zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qoʻmondonligi ogohlantirishlariga amal qilish lozim.

Har ikki davlatdagi fuqarolarimiz rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib boring, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa maʼlumotlarini doimo yoningizda saqlang", deyiladi xabarda.

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi:

- “Uzbekistan Airways ” aviakompaniyasining Toshkent - Jidda yoʻnalishidagi reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qoʻndi;

-" Fly Dubai" aviakompaniyasining Toshkent - Dubay yoʻnalishidagi reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qoʻndi.

Shuningdek, "Air Cairo" aviakompaniyasining Olmaota - Sharm-ash-Shayx yoʻnalishi boʻyicha reysi (07:46) va "Qatar airways" aviakompaniyasining Seul - Doha yoʻnalishi boʻyicha reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.

Parvozlar holati haqida batafsil maʼlumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin.

"Centrum air" aviakompaniyasining Toshkent – ​​Doha yoʻnalishi boʻyicha reysi uchish aeroportida kechiktirildi. Yoʻlovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.

Isroil armiyasining maʼlum qilishicha, Eron javob tariqasida Isroil tomon 100 ga yaqin uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi. Ular bir necha soat ichida mamlakatga yetib borishi kutilmoqda.

Isroil armiyasi uchuvchisiz uchoqlarni “toʻsib qoʻyish ustida ishlamoqda”.

ID Eronga zarba berish uchun 200 ta samolyot ishlatilib, 300 dan ortiq oʻq-dorilarni tashlaganini aytdi.

Eslatib oʻtamiz, 13 iyun kuni Isroil Erondagi obʼektlarga zarba berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid