Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi narxi oshmoqda
Aholi uchun 1 metr kub ichimlik suvi qiymati 5300 soʻmga yetadi.

Surxondaryo viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oʻzgaradi. Bu haqda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra ichimlik va oqova suv xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi. Jumladan, aholi uchun 1 metr kub ichimlik suvi 5300 soʻmga yetadi, bu miqdor byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 11 900 soʻmni tashkil etadi.
Dizel yoqilgʻisi bilan transportda tashib yetkazib beriladigan 1 metr kub suv narxi 74 800 soʻm, ulgurji va byudjet tashkilotlari uchun 83 800 soʻmni tashkil etadi.
Siqilgan tabiiy gaz tranportda yetkazib beriladigan suv narxi aholi uchun 62 600 soʻmni, ulgurji isteʼmolchilar va byudjet tashkilotlari uchun 70 ming soʻmni tashkil etadi.
Ushbu narxlar OAVda eʼlon qilingandan 15 kun oʻtib amal qiladi.
Avvalroq Qashqadaryoda suv narxi oshishi maʼlum boʻlgandi.