Uchinchi taym. 1-son: Lamin Yamal
Yangi loyiha – futbolga oid "Uchinchi taym" dasturi ilk soni Lamin Yamal haqida.

"Barselona" muddatidan avval Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi. "Espanol" jamoasi bilan oʻtkazilgan bahs 2:0 hisobida yakuniga yetdi. Hisobni “Barsa” jamoasining yosh va umidli oʻyinchisi Lamin Yamalning 52-daqiqadagi chiroyli goli ochib berdi.
Futbol tarixida baʼzan shunday tugʻma isteʼdod sohiblari paydo boʻladiki, yorqin yulduz kabi porlab hammaning diqqatini oʻziga qaratadi. Bugungi kunda futbol borasidagi suhbatlarning deyarli hammasida shunday yangi yulduz – Lamin Yamal nomi albatta tilga olinadi. Yamalning ismi ayniqsa Yevropa stadionlarida tobora koʻproq jaranglamoqda. U – nafaqat "Barselona"ning, balki Ispaniya milliy terma jamoasining ham umidvor yulduziga aylangan.
Batafsil yuqoridagi videoda.