platina.uz
Iqtisod

UPay toʻlov tizimi "HUMO"ga toʻliq integratsiya qilindi

Ayni paytda toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish toʻliq tiklangan.

UPay toʻlov tizimi "HUMO"ga toʻliq integratsiya qilindi

Raqobat qoʻmitasining oʻrganishlari natijasida, UPay toʻlov tizimining "HUMO"ga toʻliq integratsiya qilinishi taʼminlandi.

Raqobat qoʻmitasiga UPay toʻlov tizimi tomonidan “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ tizimi bilan integratsiya qilishda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha murojaat qilingan.

Holat boʻyicha Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda oʻrganish ishlari olib borilib, “Milliy banklararo protsessing markazi” AJga rasmiy soʻrov yuborildi hamda murojaatda bayon etilgan masala ijobiy hal etildi.

Natijada, “Maroqand” AJning UPay toʻlov tizimi HUMO tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi va ayni paytda toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish toʻliq tiklangan.

Avvalroq Raqobat qoʻmitasi qurilish kompaniyasi sabab zarar koʻrgan mijozga yordam bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid