platina.uz
Jamiyat

Parlament fraksiyasida avtoterrorchilar uchun yengillik maʼqullandi

2023 yildan maksimal tezlik 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilgandi. Endi shu tezlikka yana qaytilyapti.

Parlament fraksiyasida avtoterrorchilar uchun yengillik maʼqullandi

Parlament fraksiyalari yoʻl harakati qoidalarida belgilangan tezlik meʼyoriga nisbatan hozirgi 5 km/soatlik chegirmani 10 km/soatgacha oshirish haqidagi qonunni maʼqullagan.

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev ushbu holatni haydovchilar uchun yengillik deb atadi.

Ushbu holatni ortga qadam sifatida baholash mumkin. Chunki 2023 yildan shaharlar hududida yengil mashinalarning maksimal tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilgandi.

Tezlik yuqori boʻlgani uchun yoʻllarda bolalar, odamlar besabab halok boʻlmoqda. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati esa buni nazorat qilolmay qoldi.

Platina.uz sayti bu haqda YHXX boshligʻiga yozgan ochiq xatida ham toʻliq tahlil qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid