platina.uz
Jahon

Sovet kosmik kemasi Hind okeaniga quladi

53 yil avval uchirilgan obʼektning Oʻzbekistonga qulash ehtimoli 0,3-0,5 foiz baholangandi. 

Sovet kosmik kemasi Hind okeaniga quladi

1972 yilda uchirilgan sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga quladi, deb xabar berdi “Roskosmos”.

Kosmik kemaning orbitadan tushishi Yerga yaqin fazodagi xavfli vaziyatlardan ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan kuzatilgan.

“Kosmos-482” kosmik kemasi oʻz faoliyatini toʻxtatdi, orbitadan chiqib, Hind okeaniga quladi”, — deyiladi davlat korporatsiyasi xabarida.

U Oʻrta Andaman orolidan 560 km gʻarbda atmosferaning zich qatlamlariga kirib, Indoneziya poytaxti Jakarta gʻarbidagi okeanga qulagan. Koinot kemasi 1972 yilda Venerani tadqiq qilish uchun uchirilgan, biroq kuchaytirgichdagi nosozlik tufayli u Yer atrofida baland elliptik orbitada qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashgan.

53 yil avval uchirilgan obʼektning Oʻzbekistonga qulash ehtimoli 0,3-0,5 foiz baholangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid