platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlik sabab xavotir bildirdi

TIV tomonlarni vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqirgan. 

Oʻzbekiston Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlik sabab xavotir bildirdi

Oʻzbekiston TIV Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlik yuzasidan bayonot berdi.

Oʻzbekiston tomoni Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatib borayotganini eʼlon qildi.

Shuningdek, ikkala tomonni vazminlik koʻrsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqirgan.

”Oʻzbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, – deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, 7 mayga oʻtar kechasi Hindiston Pokistonga zarbalar berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid