platina.uz
Siyosat

Tailandga kirishning yangi tartibi joriy etildi

Oʻzbekiston TIV shu munosabat bilan ushbu davlatga borayotganlarga murojaat qildi. 

Tailandga kirishning yangi tartibi joriy etildi

Tailandga kirishning yangi tartibi joriy etildi.

Unga koʻra, 2025 yil 1 maydan boshlab Tailandga kiruvchi barcha chet el fuqarolari Tailandga kirish kartasini (Thailand Digital Arrival Card, TDAC) mamalakatga yetib kelish sanasidan 3 kun oldin maxsus platforma orqali olishlari shart.

Shaxsiy maʼlumotlar yuklangandan soʻng, Tailand immigratsiya idoralari elektron pochtaga xat yuboradi va uni mamlakatga kirishda koʻrsatish talab etiladi.

Shu munosabat bilan, Tailandga borishni rejalashtirgan Oʻzbekiston fuqarolarida Qirollikning mazkur qarorini hisobga olishlarini soʻrab qolamiz, deyiladi TIV xabarida.

Avvalroq OʻOʻzbekiston fuqarolari BAAga kiritilmasligi rad etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid