platina.uz
Jamiyat

Qoʻqonda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun bir necha mlrd soʻm ajratildi

Pul mahalliy byudjetning 2025 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan beriladi. 

Qoʻqonda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun bir necha mlrd soʻm ajratildi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov pul ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

2025 yil 26 aprel kuni imzolangan qaror Qoʻqon shahridagi mahallalarda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashni koʻzda tutadi.

"Qoʻqon shahridagi 9 ta MFY hududidagi ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimni yaxshilash ishlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 4,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilsin", deyiladi xabarda.

Mablagʻning ishlatilishi boʻyicha hisobotlar Xalq deputatlari Fargʻona viloyati komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari X.Dolimov zimmasiga yuklangan.

Avval Qashqadaryoda ichimlik suvi narxlari oshishi maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid