platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rim papasi vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Prezident Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik izhor etdi. 

Shavkat Mirziyoyev Rim papasi vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yoʻlladi.

Davlat rahbari oʻz maktubida Ruhoniy Hazratlari Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo doʻstlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalarni keng targʻib etish ishiga munosib hissa qoʻshganini taʼkidladi, deyiladi xabarda.

Prezident Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur taʼziya va hamdardlik tuygʻularini izhor etdi.

Eslatib oʻtamiz, papa Fransisk 88 yoshida vafot etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid