platina.uz
Jamiyat

Piyodalar yoʻlagidan mashina haydaganlar jazolanadi

Holat takroriy sodir etilsa, BHMning 3 baravari miqdorida jarima solinishi mumkin. 

Piyodalar yoʻlagidan mashina haydaganlar jazolanadi
Foto: Platina.uz

Transport vositalarini piyodalar yoʻlaklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Qonun (OʻRQ-1055-son, 10.04.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonunga muvofiq, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlar va boshqa qurilmalar oʻrnatilganligi, shuningdek yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):

- BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

-xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:

- BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Avvalroq avtobus yoʻlagiga kirgan haydovchilar uchun ham jazo belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid