platina.uz
Iqtisod

Shavkat Abdurazzoqov Yangiqoʻrgʻon tumaniga yana pul ajratdi

Ushbu tumanga mart oyi oxirida ham 5,7 mlrd soʻm berilgandi.

Shavkat Abdurazzoqov Yangiqoʻrgʻon tumaniga yana pul ajratdi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov pul ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi.

Unga koʻra, viloyat hokimligi huzuridagi "Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma" mablagʻlari hisobidan Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligiga oʻn ikki milliard bir yuz qirq ikki million yetti ming soʻm ajratiladi.

Tuman hokimligi mablagʻlarni toʻgʻri va samarali sarflanishini taʼminlaydi. Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari Gʻ. Jamalov zimmasiga yuklangan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Abdurazzoqov avval ham Yangiqoʻrgʻon tumaniga bir necha marta pul ajratgandi. Jumladan, tumanga mart oyi oxirida 5,7 mlrd soʻm berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid