platina.uz
Jamiyat

Bangi amaldor ishdan olindi

Avvalroq uning oʻz xizmat xonasida psixotrop modda isteʼmol qilayotgani rasmlari tarqalgandi.

Bangi amaldor ishdan olindi

Andijon shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Doniyor Ulugʻbekov bugun ishdan olindi.

Andijon shahar hokimi 9 aprel kuni bu haqdagi qarorni imzolagan.

Avvalroq Ulugʻbekovning oʻz xizmat xonasida psixotrop modda isteʼmol qilayotgani rasmlari tarqalgandi.

Keyinroq esa oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirda jami 0,69 gr gashish giyohvand moddasi olingan. Holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki joʻnatish jinoyati nazarda tutilgan. Ushbu qilmish uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid