platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank pul oʻtkazmalari boʻyicha yangi tartibga izoh berdi

2025 yil 2 iyuldan BHMning 30 baravaridan oshgan oʻtkazmalarda nazorat kuchaytiriladi. 

Markaziy bank  pul oʻtkazmalari boʻyicha yangi tartibga izoh berdi

Markaziy bank 11,25 mln soʻmdan oshiq oʻtkazmalar nazoratga olinishi boʻyicha izoh berdi.

Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan fikrlar bildirilmoqda.

"Ichki elektron pul oʻtkazmalari yuzasidan maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha, Ichki nazorat qoidalarining 312 – bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlarni joʻnatuvchining identifikatsion maʼlumotlari bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerakligi belgilanmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu band talablari mijozlarga qoʻshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi. Sababi ushbu talab toʻlov tashkilotlari va banklar oʻrtasida maʼlumot almashinuvi boʻyicha majburiyatlarga taalluqli boʻlib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan, yaʼni mavjud identifikatsion maʼlumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalarida oʻtkazma bilan birga yuborilishini taʼminlashlari lozimligini anglatadi", deyiladi Markaziy bank xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 11,25 mln soʻmdan yuqori pul oʻtkazmalari qatʼiy nazoratda boʻladi.

2025 yil 2 iyuldan toʻlov tizimlari, elektron pullar va toʻlov tashkilotlari ustidan nazorat kuchaytiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid