Toshkentda soliq idoralari uchun 5 mlrd soʻm ajratiladi
Ularning bir qismi xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan byudjetdan 8,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Qaror 2025 yil 26 mart kuni eʼlon qilingan.
Hujjatga koʻra,Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2025 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ilovaga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 8 535,0 mln (sakkiz milliard besh yuz oʻttiz besh million) soʻm mablagʻ ajratilmoqda.
Mablagʻlar quyidagicha sarflanadi: poytaxtdagi soliq idoralari moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida 5 mlrd soʻm beriladi.
Toshkent shahar hokimligining sudlar qaroriga asosan chiqarilgan qarzdorliklari (davlat boji va boshqalar)ni toʻlash uchun 2 mlrd soʻm taqdim etiladi.
Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasining 54 nafar xodimlarini ragʻbatlantirish uchun (aprel-iyun oylarida) 1 mlrd 535 mln ajratiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan viloyati hokimi Yangiqoʻrgʻon tumaniga katta pul ajratgandi.