platina.uz
Jamiyat

Samarqandda ichimlik va oqova suv narxlari yana oshiriladi

Yangi tariflar oxirgi marta 2023 yil noyabrda tasdiqlangan edi.

Samarqandda ichimlik va oqova suv narxlari yana oshiriladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining bugungi qarori bilan 1 apreldan viloyatda ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi.

Bu viloyatda yangi tariflar oxirgi marta bundan salkam 1,5 yil avval belgilangandi. Oʻshanda belgilangan 2500 soʻm narx endi 2800 soʻm boʻladi.

Qarorda narxlar 1 apreldan kuchga kirishi belgilangan. Ammo Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyuldagi 194-sonli qaroriga koʻra, tariflardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida ular amalga kiritilishidan 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinishi kerak.

Eslatib oʻtish kerak, "Oʻzsuvtaʼminot" AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Xurshid Rahmatullayev suv narxlarini respublikada yagona tarifga toʻgʻrilash xususida ish olib borilayotganini aytgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid